Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

18 ming insonga umid bergan tashabbus

18 ming insonga umid bergan tashabbus

Sog‘lom hayotga qaytish har bir bola uchun eng katta baxt. Bugun zamonaviy tibbiyot imkoniyatlari va malakali mutaxassislar sa’y-harakatlari tufayli og‘ir xastaliklarga chalingan ko‘plab bolalar yana to‘laqonli hayot sari qadam qo‘ymoqda.

Prezident tashabbusi hamda «Vaqf» xayriya jamoat fondi ko‘magida mamlakat bo‘ylab qariyb 18 ming nafar bolalar va kattalar hayot uchun zarur davolanish kurslaridan o‘tdi, yuqori texnologiyali va murakkab jarrohlik amaliyotlarini boshdan kechirdi. Ularning aksariyati bugun sog‘lom hayotga qaytmoqda.

Ushbu ezgu tashabbus doirasida Respublikamizda ham murakkab va noyob jarrohlik amaliyotlari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Markaz mutaxassislari og‘ir xastaliklarga chalingan kichik bemorlarni davolab, ularga sog‘lom hayotga qaytish imkonini bermoqda.

Shunday bemorlardan biri — Firdavs. Og‘ir xastaligi sabab u shu kunga qadar faqat zond orqali ovqatlanishga majbur bo‘lgan. Yaqinda markaz shifokorlari tomonidan unda qizilo‘ngachni qayta tiklash bo‘yicha murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Tibbiyot markaziga tashrif buyurgan Shahnoza Mirziyoyeva Firdavsning holidan xabar olib, uning davolanish va tiklanish jarayoni bilan yaqindan tanishdi. U kichik bemorga tezroq sog‘ayib, tengdoshlari qatorida to‘laqonli hayotga qaytishini tiladi.

Firdavsning taqdiri tibbiy yordamga muhtoj bolalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarning yana bir amaliy natijasidir. Bunday murakkab amaliyotlarning zamonaviy tibbiy texnologiyalar asosida muvaffaqiyatli bajarilayotgani esa bolalar salomatligini asrash yo‘lidagi muhim qadamdir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring