Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda ekobozor ochildi

Toshkentda ekobozor ochildi

Foto: «Afisha»

Bugun, 3 mart kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida zamonaviy ekobozor foydalanishga topshirildi, deb xabar berdi «O‘zA».

Bu yerda fermer, dehqon xo‘jaliklari, tadbirkorlar o‘z mahsulotlarini sotish imkoniga ega. Bozor haftaning barcha kunlarida tunu kun ishlaydi. Xususan, har kuni 6:00 dan 23:00 gacha mahsulotlarning aholi uchun chakana savdosi yo‘lga qo‘yiladi. Tungi soat 12:00 dan tonggi 6.00 gacha esa ulgurji savdolar bo‘lib o‘tadi.

Ekobozorda 400 dan ortiq rastalar mavjud. Bu yerda oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, maishiy kimyo mahsulotlari savdosi yo‘lga quyiladi.

Shuningdek, tadbirkorlar va aholiga qulaylik yaratish maqsadida oshxona, novvoyxona, dorixona, mini-bank faoliyati tashkil etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring