Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Adliya vazirligi huzurida multimedia markazi ochildi (foto)

Adliya vazirligi huzurida multimedia markazi ochildi (foto)

Foto: «Uza.uz»

Eng yangi zamonaviy axborot texnologiyalar va raqamli uskunalar bilan jihozlangan Axborot-tahlil multimedia markazining tantanali ochilish marosimida parlament, sud-huquq sohasining yetakchi vakillari, turli vazirlik va idoralar rahbarlari, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari, shuningdek, keng jamoatchilik ishtirok etdi, deb xabar bermoqda «O‘zA».

Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari Mahmud Istamov markaz o‘z faoliyatini mutlaqo yangi formatda davom ettirishini qayd etdi. Markaz jamoasi muhim mezonlar sifatida sifat, tahlil, kreativ yondashuv va innovatsion yechimni belgilab olgan.

– Multimedia markazida ijod qilish uchun barcha sharoitlar yaratilgan, – deydi Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Sevara O‘rinboyeva. – Markazda maxsus dekoratsiyali va zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan bir nechta studiya mavjud. Bu yerda tok-shou va turli formatdagi dasturlarni suratga olish mumkin. Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan muloqot qilish, jumladan yuzma-yuz interaktiv uchrashuvlar, brifing va matbuot anjumanlari o‘tkazish uchun maxsus media maydonchalar yaratilgan.

Markazni texnik jihatdan jihozlash — LED-ekranlar, kameralar, yoritgichlar, ko‘p funksiyali ovoz yozish tizimi va boshqa apparatura jamoaga eng dadil media loyihalarni amalga oshirish, xususan, hujjatli filmlarni suratga olish imkonini beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring