Andijonda davlat va tadbirkorar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
Joriy yil 16-fevraldagi «Andijon viloyatida tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–63-son qaror bilan davlat va tadbirkorlar o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajaruvchi «Andijon Invest kompaniyasi» aksiyadorlik jamiyati tashkil etiladi.
Viloyat infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish maqsadida Andijon viloyati hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasi Andijon viloyatini rivojlantirish hududiy maqsadli jamg‘armasi deb qayta nomlanadi.
Shuningdek, ushbu qarorni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilandi:
- muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish va to‘liq modernizatsiya qilish;
- viloyatning shahar va tumanlari, shu jumladan, Andijon viloyati Andijon tumani Yangi Andijon (Bobur) shaharchasini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash;
- investorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter