Bugun O‘zbekistonda havo harorati ko‘tariladi
O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, bugun kunduzi O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida chang-to‘zonlar bilan 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27-32 daraja, janubda 35 darajagacha bo‘ladi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 29-31 daraja bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat 17-22 daraja bo‘ladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter