Dam olish kunlari harorat pasayishi davom etadi
Dam olish kunlari O‘zbekistonda yana havo harorati pasayadi. Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Faqat respublikaning ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, shuningdek bugun kunduzi va 26-sentyabrda kechasi Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Bugun Toshkent viloyatining ayrim joylarida kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.
Havo haroratining asta-sekin pasayishi davom etadi. Harorat bugun kunduzi 26-30 darajani tashkil etadi, janubiy hududlarda 31-33 darajagacha bo‘ladi, shanba va yakshanba kunlari asta-sekin 22-25 darajagacha, janubda 27-30 darajagacha pasayadi. Havo harorati kechalari 9-14 daraja bo‘ladi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26-27-sentyabrda shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bugun kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, shanba va yakshanba kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Harorat asosan kechalari 11-14 daraja, kunduzi 25-sentyabrda 26-28 daraja bo‘ladi, dam olish kunlari asta-sekin 23-25 darajagacha pasayadi.
Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter