Giyohvandlik moddalari qanday yoqildi? (video)
Bugun Xalqaro giyohvandlikka va giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurash kuni munosabati bilan Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan musodara etilgan giyohvandlik moddalari yoqish tadbiri o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik.
Tadbirda qayd etilishicha, 2017-yilda yurtimizda narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq 5429 jinoyat fosh etilgan.
O‘zbekistonga afg‘on narkotik moddalari Tojikiston va Qirg‘iziston hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri Afg‘onistondan Amudaryo orqali kirib kelmoqda.
«Xabar.uz» muxbiri Farrux Aliyev bugungi tadbirdan videoreportaj tayyorladi. Uni quyida tomosha qilishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter