Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

QQS summasi qaytarib beriladigan tovarlar ro‘yxati kengaytirildi

QQS summasi qaytarib beriladigan tovarlar ro‘yxati kengaytirildi

Foto: Xabar.uz

«Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kiritilganlarning xaridlari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i qaytarib beriladigan tovarlar ro‘yxati kengaytirildi.

Prezident qarori (PQ-13-son, 10.01.2024 y.) bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

 Shunga ko‘ra, «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kiritilgan jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinganda QQS summasi qaytarib beriladigan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatiga quyidagilar kiritildi:

  • un;
  • shakar;
  • dori vositalari va tibbiy xizmatlar.

Bunda qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarish oyiga BHMning 10 baravarigacha bo‘lgan xaridlar summasi doirasida amalga oshirilishi belgilandi.

Shuningdek, «Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida jamoatchilik nazorati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Hukumat qaroriga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra:

  • Jismoniy shaxslar tomonidan bir oy davomida sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining BHMning 60 baravaridan oshmagan qismidan 1 foizi ularning fiskal belgili cheklari soliq organlarining maxsus mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan taqdirda qaytarilishi belgilandi.

Ilgari ma’lum bir qiymat belgilanmagan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring