Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yuz mingdan ortiq pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

Yuz mingdan ortiq pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

Bojxona organlari tomonidan pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari bilan hamkorlikda pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasining oldini olish maqsadida, Beruniy tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tadbir davomida fuqaro S.D. shartli xaridorga chet davlatda ishlab chiqarilgan 500 qutida jami 30.000 dona pirotexnika vositalarini 11,5 million so‘m pul evaziga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan to‘xtatib qolindi.

Xuddi shunday yana bir holatda Qo‘ng‘irot tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi. Natijada fuqaro G.J. tomonidan chet davlatda ishlab chiqarilgan 18.000 dona pirotexnika vositalarini 4.500.000 so‘mga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan to‘xtatib qolindi.

Ma’lumot o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, birgina Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan joriy yil boshidan jami 12 ta holatda umumiy qiymati 25 million so‘mdan ortiq bo‘lgan 105.543 dona pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu esa ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan 105.543 ta holatning oldi olindi degani. Lekin shunga qaramasdan, pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar hali ham oramizda ko‘p va bojxona organlari tomonidan xavfli hisoblanuvchi ushbu vositalarning aylanmasiga qarshi tizimli kurash davom ettiriladi.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari omonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring