Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

FIFA terma jamoalar reytingini yangiladi: O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

FIFA terma jamoalar reytingini yangiladi: O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Foto: O‘FA

JCh-2026 yakuniga yetgach, FIFA milliy jamoalarning reytingini yangiladi. O‘zbekiston 10 pog‘ona pastlab, 60-o‘rindan joy oldi.

Terma jamoamiz hisobida hozir 1409,73 reyting ochkosi bor. O‘zbekiston so‘nggi yangilanishda 23,11 ochko yo‘qotdi — JCh-2026dagi ko‘rsatkichlar bunga asosiy sabab bo‘ldi.

Osiyo jamoalari orasida Yaponiya 17-o‘rin bilan yetakchilikni saqlab qoldi. Keyingi o‘rinlarni Eron (22), Avstraliya (28) va Janubiy Koreya (32) band etdi.

O‘zbekiston jahon reytingida — 60-o‘rinda, qit’ada — yettinchi.

Jahon chempionati g‘olibi — Ispaniya 1995,88 ochko bilan FIFA reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Sobiq peshqadam Argentina — ikkinchi, Fransiya — uchinchi, Angliya — to‘rtinchi va Braziliya — beshinchi o‘rinda.

Yangilangan reytingning kuchli o‘n beshligiga, Marokash, Portugaliya, Belgiya, Niderlandiya, Meksika, Kolumbiya, Germaniya, Xorvatiya, Shveysariya va Italiya ham kirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring