Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada voyaga yetmagan bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berayotgan shaxs ushlandi

Farg‘onada voyaga yetmagan bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berayotgan shaxs ushlandi

Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida 2022 yilning dekabr oyidan buyon 6 nafar fuqaroga noqonuniy diniy ta’lim berib kelayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, aslida Jov mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi S.H ismli fuqaro yashash xonadonida jami 6 nafar shaxsga noqonuniy diniy ta’lim berib kelayotgani aniqlangan. Eng ajablanarlisi, undan dars olayotganlarning 5 nafari voyaga yetmaganlar bo‘lib, turli tumanlardan kelib tahsil olayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan ushbu fuqaroga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 241-moddasi bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, tegishli sud organiga yuborildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring