Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

100 mingta «iPhone»dan 1 kilogramm oltin ajratib olinadi (video)

100 mingta «iPhone»dan 1 kilogramm oltin ajratib olinadi (video)

Foto: «MacDigger»

«Apple» o‘zining atrof-muhit himoyasiga bo‘lgan e’tibori bilan ham mashhur bo‘lib, u qayta ishlash texnologiyasidan keng ishlatadi. 2016-yildan beri eski «iPhone»larni utilizatsiya qilishda «Liama» robotidan foydalanib kelgan bo‘lsa, endilikda uning o‘rnini yangi mashina — «Daisy» egalladi, deb xabar berdi «Layfxaker».

Robot foydalanuvchilar tomonidan topshirilgan eski «iPhone»larni utilizatsiya qilish va undan olingan ehtiyot qismlarni keyingi gadjetlarda ishlatish uchun ajratib olish bilan shug‘ullanadi. «Daisy» bu ishni odamlardan ko‘ra tezroq barajadi. Robot «iPhone»ning to‘qqizta modelini farqlay oladi va bir daqiqadan kamroq vaqt ichida uchta smartfonni «sochib tashlaydi».

Mashina nafaqat eski gadjetlarni bo‘laklarga bo‘ladi, balki avtomatik ravishda materiallarni ajratib, qayta ishlashga yuboradi. «Daisy» har 100 mingta «iPhone»dan salkam 2 tonna alyuminiy, bir kilogrammga yaqin oltin, sakkiz kilogramm kumush va boshqa qimmatbaho metallarni ajratib oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring