Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2021-yilda metropolitenda qancha yo‘lovchi tashildi?

2021-yilda metropolitenda qancha yo‘lovchi tashildi?

Foto: «Xabar.uz» / Farrux Aliyev

Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lumot berishicha, 2021-yilda Toshkent metropoliteni qariyb 102 million nafar yo‘lovchini manziliga eltdi.

Yo‘lovchi tashish 2020-yil bilan solishtirilganda, 2,6 baravarga ko‘paydi. 2020-yil davomida (yanvar – dekabr) 38,8 million nafar yo‘lovchi tashilgan edi.

Albatta, 2020-yil hech to‘xtamagan metroni to‘xtatgan «pandemiya yili» bo‘lganini ham unutmaymiz.    

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring