Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

21 nomzoddan 6 notarius onlayn tarzda tayinlandi

21 nomzoddan 6 notarius onlayn tarzda tayinlandi

Foto: «Xabar.uz»

Avval e’lon qilinganidek, bugun, 11-yanvar kuni viloyatlar hamda Toshkent viloyatidagi va o‘tgan tanlovda keyinga qoldirilgan Samarqand shahar 18-son hamda Andijon shahar 14-son davlat notarial idoralarining bo‘sh (vakant) notariusi lavozimlariga tanlovlar o‘tkazildi.

Notarius lavozimiga tanlovda qatnashish uchun jami 21 nafar nomzod talabgor sifatida Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasiga hujjat topshirdi.

Tanlovlar natijasida Toshkent viloyatida 4 ta, Samarqand viloyatida 1 ta va Andijon viloyatida 1 ta davlat notarial idoralariga notarius tayinlandi.

Jumladan, Toshkent viloyati:
Zangiota tuman 3-son DNI notariusi lavozimiga – Saidboboyev Toxir Abdukarimovich;
Zangiota tuman 12-son DNI notariusi lavozimiga – Abrorov Azizbek Samiyevich;
Yuqorichirchiq tuman 1-son DNI notariusi lavozimiga – Zakirova Kunduzxon Azatbekovna;
Qibray tuman 6-son DNI notariusi lavozimiga – Mardiyev Xasan Xalmirzayevich;

Samarqand viloyati Samarqand shahar 18-son DNI lavozimiga – Axmedova Farangiz Aslamovna;

Andijon viloyati Andijon shahar 14-son DNI notariusi lavozimiga – Ibragimov Noxitbek Muratovichlar tayinlandi.

Tanlovlar yangi tasdiqlangan Notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan o‘tkazildi hamda shu kuni Adliya vazirligining www.minjust.uz rasmiy veb-sayti orqali onlayn tarzda yoritib borildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring