Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

23-aprel. Sayohatchi Jek London, «jismoniy shaxs» sifatida tan olinmagan ayollar, Karl Marksdan voz kechgan nemislar va boshqa voqealar

23-aprel. Sayohatchi Jek London, «jismoniy shaxs» sifatida tan olinmagan ayollar, Karl Marksdan voz kechgan nemislar va boshqa voqealar

Foto: «Xabar.uz»

Bayram va muhim sanalar

  • Jahon kitoblar va mualliflik huquqi kuni.
  • Xalqaro ingliz tili kuni.
  • Milliy mustaqillik va bolalar kuni (Turkiya).
  • Psixologlar kuni (Ukraina).

Voqea-hodisalar

  • 1605 yil — Fyodor Godunov rus shohi deb e’lon qilindi. Uning hukmronligi yetti hafta davom etdi.
  • 1633 yil — Shvetsiya nemis knyazlari bilan katoliklarga qarshi Protestantlar ittifoqi tuzdi.
  • 1662 yil — Konnektikut britan koloniyasi deb e’lon qilindi.
  • 1851 yil — Kanadaning birinchi pochta markasi chiqarildi.
  • 1867 yil — britan qirolichasi Viktoriya va fransuz imperatori Napoleon III La-Mansh ostidan tunnel o‘tkazish rejasini bekor qilishdi.
  • 1896 yil — Nyu-Yorkda Amerikadagi birinchi kino namoyish etildi.
  • 1907 yil — Jek London ikki yelkanli kemada dunyo bo‘ylab sayohatga otlandi.
  • 1913 yil — «Akvitaniya» — ikkala jahon urushida qatnashgan yagona layner suvga tushirildi.
  • 1928 yil — Kanada Oliy sudi ayollar «shaxs» (jismoniy shaxs) emas degan qaror chiqardi.
  • 1935 yil — Polshada konstitutsiya qabul qilindi.
  • 1941 yil — shahzoda Norodom Sianuk Kambodja qiroli bo‘ldi.
  • 1942 yil — Germaniyada o‘g‘il bolalalarni 14-16 yoshidan, qizlarni 16-17 yoshidan qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb etish majburiyati paydo bo‘ldi.
  • 1948 yil — Birinchi arab-isroil urushi: isroilliklar Xayfa dengiz portini qaytarib oldi.
  • 1954 yil — NBAda 24 soniya qoidasi kuchga kirdi: bu vaqt ichida to‘pni egallab turgan jamoa uni savatga uloqtirishi kerak.
  • 1965 yil — sobiq SSSRning birinchi kosmik aloqa yo‘ldoshi «Molniya-1» fazoga chiqarildi.
  • 1967 yil — Vladimir Komarov boshqaruvidagi «Soyuz-1» kosmik kemasi uchirildi. Yerga qaytib qo‘nishda yuz bergan halokat tufayli Komarov halok bo‘ldi.
  • 1974 yil — Bali oroli(Indoneziya)da «Pan American» kompaniyasining «Boeing 707» avialayneri halokatga uchradi; qurbonlar soni — 107 kishi.
  • 1982 yil — «ZX Spectrum» kompyuteri chiqarildi.
  • 1990 yil — Karl-Marks-shtadt (Germaniya) aholisining 76 foizi shaharning eski nomi —Xemnitsni qaytarish uchun ovoz berdi.
  • 1990 yil — Namibiya BMTning 160-a’zosi bo‘ldi.
  • 1991 yil — Ukrainada vijdon erkinligi to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi.
  • 1993 yil — Eritreyada BMT shafeligida referendum o‘tkazildi va aksariyat aholi Efiopiyadan mustaqil bo‘lib chiqishga ovoz berdi.
  • 2007 yil — BMT tashabbusi bilan dunyoning ko‘plab mamlakatlarida yo‘l harakati xavfsizligi global haftaligi boshlandi.

Tavallud kunlari

  • 1791 yil — Jeyms Byukenen, AQShning 15-prezidenti.
  • 1858 yil — Maks Plank, nemis fizigi, Nobel mukofoti laureati (1918 yil).
  • 1867 yil — Yohannes Fibiger, dan vrach-patologi, Nobel mukofoti laureati (1926 yil).
  • 1891 yil — Sergey Prokofev, rus kompozitori.
  • 1899 yil — Nayo Marsh, yangi zelandiyalik yozuvchi.
  • 1899 yil — Bertil Olin, shved iqtisodchisi, Nobel mukofoti laureati (1977 yil).
  • 1902 yil — Xaldour Kilyan Laksness, island yozuvchisi, Nobel mukofoti laureati (1955).
  • 1918 yil — Moris Dryuon, fransuz yozuvchisi, Gonkur mukofoti sovrindori.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring