Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

39 yoshli ayolni o‘ldirib, uning o‘g‘lini jarohatlashda ayblanayotgan shaxs ushlandi

39 yoshli ayolni o‘ldirib, uning o‘g‘lini jarohatlashda ayblanayotgan shaxs ushlandi

G‘azalkentda 39 yoshli ayolni o‘ldirib, uning o‘g‘lini jarohatlashda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi xabar berdi.

2019 yil 28 fevral kuni soat 22:40 larda Bo‘stonliq tumani IIB navbatchilik qismining xabariga ko‘ra, Bo‘stonliq tumani, G‘azalkent shahri, Markaziy m.f.y., Chirchiq ko‘chasi 34-uyda yashagan 15.01.1980 yilda tug‘ilgan I.U.ning murdasi o‘z yotoqxonasida turli tan jarohatlar bilan topilgan.

Bundan tashqari, marhuma I.U.ning 03.11.2003 yilda tug‘ilgan farzandi A.U. tanasining turli joylarida kesilgan sanchilgan og‘ir tan jarohatlari bilan topilib, tuman ko‘p tarmoqli markaziy shifoxonasiga yuborilgan.

Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 01 mart kuni viloyat prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 2-qismi «a,j» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan dastlabki tergov harakatlari natijasida fuqaro N.A. ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilinib, 01.03.2019 yilda JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

02.03.2019 yilda N.A.ga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi “a”, “j” bandlari, 164-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan ayb e’lon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergovning borishi ustidan Bosh prokuratura tomonidan nazorat o‘rnatildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring