Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

4-kurs talabasi Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi

4-kurs talabasi Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi

Foto: «uzbektourism.uz»

Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan Akbarov Saidakbarxon Tohir o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Ta’kidlash joizki, 29-iyun kuni Olmazor tumanida o‘tkazilgan yig‘ilishda Saidakbarxon Akbarov O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish bo‘yicha bir qator amaliy takliflarini bildirganidan so‘ng, Prezident Shavkat Mirziyoyev uning nomzodini rais o‘rinbosari lavozimiga taklif qilgan edi.

Saidakbarxon Akbarov Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetining 4-kurs talabasi hisoblanadi. Yosh bo‘lishiga qaramay, tadbirkorlik faoliyati tajribasiga ega. U 2013-yildan 2018-yilgacha ta’lim markazlari tarmog‘ini boshqargan.

Saidakbarxon Akbarov Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasida yoshlar turizmini rivojlantirish, smart turizm va innovatsion g‘oyalarni joriy qilish, shuningdek ushbu sohada ta’limiy xizmatlarni takomillashtirish masalalari bilan shug‘ullanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring