Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

4-mart kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

4-mart kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Foto: «Chocolate con chile»

O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 4-mart kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +4 ... +6 daraja, kunduzi +14 ... +16 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -5 ... 0 daraja, kunduzi +5 ... +10, Urganchda esa kunduzi +10 ... +15 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi +3 ... +8 daraja, kunduzi +10 ... +15 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +3 ... +8 daraja, kunduzi +13 ... +18 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi +3 ... +8 daraja, kunduzi +18 ... +23 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi +2 ... +7 daraja, kunduzi +12 ... +17 daraja iliq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, qor va yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi -6 ... -1, kunduzi 0 ... +5 daraja iliq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi +3 ... +8, kunduzi +13 ... +18 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring