Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

6-iyun kuni O‘zbekistonning ko‘pgina viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

6-iyun kuni O‘zbekistonning ko‘pgina viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Foto:«Xabar.uz»

Respublika Gidrometeorologiya markazi 6-iyun kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-20, kunduzi 28-30 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 17-22, kunduzi 33-35 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘ishi kutiladi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 17-22, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida momaqaldiroq bo‘lib, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 17-22, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring