Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

6 kunlik chaqaloq narxi shumi? Sirdaryoda farzandfurush «ona» ushlandi

6 kunlik chaqaloq narxi shumi? Sirdaryoda farzandfurush «ona» ushlandi

Bugungi kunda o‘z farzandini sotayotgan «onalar» haqidagi xabarlar ancha ko‘payib, dillarni xira qilmoqda. Ayniqsa, yangi tug‘ilgan chaqaloq oddiy tovardek qo‘lma-qo‘l bo‘lishini o‘ylashning o‘zi dahshat.

Jumladan, Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida 20-fevral kuni Yangiyer shahrida yashovchi fuqaro A.K. Xovos tumanida yashovchi S.Q.ning 2018-yil 17-fevral kuni tug‘ilgan qiz farzandini 3 ming AQSh dollariga sotgan vaqtida qo‘lga olingan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, hozir surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring