Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

66 qop tanga mashina sotib olishga yetadimi?

66 qop tanga mashina sotib olishga yetadimi?

Foto: «The Daily Mail»

Xitoyning Xebey viloyatida bir ayol «Volkswagen Passat» avtomobili sotib oldi va pulini tangalarda uzdi. Bu haqda «The Daily Mail» yozmoqda.

Ayol avtosalonga 66 qopchadagi tanga bilan keldi. Jami 131 492 yuan (15 ming funt sterling). Shuncha pulni sanab aniqlash va qog‘oz rulonlarga o‘rash uchun 17 nafar xodim naq uch kun sarflashdi.

Nashr xabariga ko‘ra, bu ayolning kichik tamaddixonasi bor, bunaqa joylarda odatda mayda pul ko‘p ishlatiladi. Darvoqe, 66 qop tanga pul mashina uchun yetmadi — «Volkswagen Passat» 190 000 yuan turadi, ayol qolgan mablag‘ni onlaynda o‘tkazib berdi.

«Volkswagen Passat»
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring