Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Adliya vazirligi «Eng yaxshi huquq targ‘ibotchisi» tanlovini e’lon qildi

Adliya vazirligi «Eng yaxshi huquq targ‘ibotchisi» tanlovini e’lon qildi

Foto:«Xabar.uz»

Adliya vazirligi «Eng yaxshi huquq targ‘ibotchisi» tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov fuqarolarning huquqiy va ijtimoiy faolligini yanada yuksaltirish, huquqiy savodxonligini oshirish, aholi orasida keng ko‘lamli targ‘ibot ishlarini amalga oshirayotgan huquq targ‘ibotchilarini aniqlash va ularni munosib ravishda rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan. 

Tanlov quyidagi 10 nominatsiya bo‘yicha o‘tkaziladi:

«Huquqiy targ‘ibotdagi fidoyiligi uchun»;

«Huquqiy madaniyatni targ‘ib qiluvchi eng yaxshi mutaxassis»;

«Huquqiy madaniyatni targ‘ib qiluvchi eng yaxshi jurnalist»;

«Huquqiy madaniyatni targ‘ib qiluvchi eng yaxshi OAV»;

«Huquqiy madaniyatni targ‘ib qiluvchi eng yaxshi bloger»;

«Huquqiy madaniyatni targ‘ib qiluvchi eng yaxshi sayt»;

«Huquqiy targ‘ibotdagi eng yaxshi innovatsion loyiha»;

«Mahallada huquqiy madaniyatni yuksaltirishdagi faolligi uchun»;

«Huquqiy targ‘ibotdagi eng yaqin hamkor»;

«Eng yosh huquq targ‘ibotchisi».

Tanlovda mutaxassisligi va kasbidan qat’i nazar, 18 yoshga to‘lgan barcha O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

Malakali huquqshunoslar hamda tajribali amaliyot xodimlaridan iborat tanlov hay’ati g‘oliblarni aniqlaydi.

Tanlov natijalari Mustaqillik bayrami arafasida e’lon qilinadi.

G‘oliblar esdalik nishonlar, diplomlar, statuetkalar va sovrinlar bilan taqdirlanadi.

Tanlovga materiallar 28-maydan 20-iyunga qadar qabul qilinadi.

Tanlov uchun materiallarni  x.klichev@adliya.uz  manziliga yuboring.

 

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring