Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Afg‘on afyunining 30 foiziga Yevropa davlatlari talabgor

Afg‘on afyunining 30 foiziga Yevropa davlatlari talabgor

Foto: «Anado‘lu»

Afg‘onistonda yetishtirilayotgan giyohvand moddalarning 30 foiziga Yevropa davlatlari talabgor ekan, deya xabar bermoqda «Anado‘lu» axborot agentligi.

Eron Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish markazi rahbari muovini Asadulloh Hodiynajotning aytishicha, Afg‘onistonda yetishtirilayotgan giyohvand moddalarning 30 foizi Eron orqali Yevropa davlatlariga yetkazib berilar ekan.

«Kaolitsion kuchlar Afg‘onistonga kirganida, har yili 200 tonna giyohvand modda yetishtirilar edi. Ular chiqib ketganidan keyin giyohvand modda yetishtirish miqdori 6 tonnaga ko‘paydi. Afg‘onistonda so‘nggi 13 yil mobaynida giyohvand moddalar yetishtirish miqdori 30 barobar oshdi», – degan Eron Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish markazi rahbari muovini Asadulloh Hodiynajot.

Afg‘onistondan Eron orqali Yevropa davlatlariga chiqib ketayotgan giyohvand moddalar karvoni yo‘li to‘silmoqda. Biroq kontrabanda yo‘li orqali olib chiqib ketilayotgan giyohvand moddalarning to‘liq oldini olish imkoni bo‘lmayapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring