Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘on urushi (foto)

Afg‘on urushi (foto)

Foto: «citifox.ru»

Afg‘onistonda turli guruhlar o‘rtasida kelishmovchiliklar 1973-yildan boshlanib, 1978-yilda avjiga chiqqan va bugungi kungacha davom etmoqda.

Foto: «citifox.ru»

Ko‘plab o‘zbek o‘g‘lonlarining umriga zomin bo‘lgan Afg‘on urushi 1979 yilning dekabridan 1989 yilning fevraligacha davom etgan. Unda mujohidlar (mahalliy partizanlar) sovet-afg‘on armiyasidan iborat birlashgan kuchlarga qarshi to‘qqiz yildan ortiqroq qarshilik ko‘rsatgan. Oqibatda 850 mingdan 1,5 milliongacha aholi nobud bo‘lgan, millionlab odamlar Pokistan, Eron va boshqa davlatlarga qochib ketgan.

Foto: «citifox.ru»

Sovet jangchilari katta shaharlar va asosiy kommunikatsiya tarmoqlarini qo‘lga olgach, mujohidlarning kichik-kichik guruhlari joylarda partizanlik harakatlarini olib borishardi.

Foto: «citifox.ru»

Afg‘onistonga kiritilgan sovet qo‘shinining katta qismi murakkab harbiy harakatlarga tayyor bo‘lmagan tajribasiz askarlardan iborat bo‘lib, ular tog‘li rayonlardagi janglarda katta qiyinchiliklarga duch kelishgan.

Foto: «citifox.ru»

1980-yillarning o‘rtalariga borib sovet qo‘shinlarning soni 100 mingdan oshib ketdi. Harbiy harakatlar katta kuch bilan butun mamlakat bo‘ylab davom ettirildi. Biroq urushning moddiy va diplomatik qiymati SSSR uchun juda yuqori edi. 1980-yillarning o‘rtalarida hokimiyat tepasiga kelgan Mixail Gorbachyov urushga yakun yasash haqida e’lon qildi. U ochiqchasiga Afg‘onistonni «qonli jarohat» deb atadi.

Foto: «citifox.ru»

Afg‘on urushi sovuq urushning bir qismi sifatida tilga olinadi. G‘arb ommaviy axborot vositalarida uni ko‘pincha «Sovet ittifoqining Vetnam urushi» yoki «Ayiq qopqoni» deb ham atashadi. Ya’ni qaysidir ma’noda aynan afg‘on urushi SSSRdek ulkan davlatning qulashi sabablaridan biri bo‘lganligi aytiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, janglarda 15 mingdan ortiq sovet harbiylari nobud bo‘lgan, deyarli 35 ming jangchi jarohatlangan. 400 dan oshiq harbiy xizmatchi bedarak yo‘qolgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring