Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Afg‘onistonda yana hujum: 12 harbiy halok bo‘ldi

Afg‘onistonda yana hujum: 12 harbiy halok bo‘ldi

Foto: «Sabah»

«Tolibon» jangarilari Afg‘oniston shimolidagi Faryob viloyatining Shirin Tegab tumanidagi harbiy qismga hujum uyushtirishi natijasida 12 askar halok bo‘ldi. Bu haqda «Sabah» xabar qilmoqda.

Faryob viloyati mahalliy kengashi raisi Muhammad Tohir Rahmoniy ham «Tolibon» jangarilari hujumi oqibatida 12 askarning halok bo‘lganini ma’lum qildi.

«Qurolli to‘qnashuvda to‘rt nafar harbiy tan jarohati olgan, sakkiz nafar askarni jangarilar asir tushirgan. Uchta harbiy qism jangarilar qo‘liga o‘tdi», – dedi Muhammad Tohir Rahmoniy.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring