Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Akademik Bekjon Toshmuhammedov 85 ëshida olamdan o‘tdi

Akademik Bekjon Toshmuhammedov 85 ëshida olamdan o‘tdi

Bekjon Toshmuhammedov.

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, mamlakatda biofizika faniga asos solgan yetuk olim, yozuvchi Oybekning farzandi bo‘lgan Bekjon Toshmuhammedov 85 ëshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Fanlar akademiyasi xabar bermoqda.

«Biofizikaning O‘zbekistondagi asoschilaridan biri, dunyo miqyosida tanilgan yirik olim, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Bekjon Toshmuhamedov 85 yoshida olamdan o‘tdi.

Atoqli olim, mehribon ustoz, kamtarin inson Bekjon Toshmuhamedovning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi», deyiladi xabarda.

Bekjon Toshmuhammedov 1935 yil 27 yanvarda Toshkentda yozuvchi Oybek xonadonida tug‘ilgan. 1958 yilda Moskva davlat universitetini tamomlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring