Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT vaziri ZTE korporatsiyasi vitse-prezidenti bilan uchrashdi

AKT vaziri ZTE korporatsiyasi vitse-prezidenti bilan uchrashdi

Foto: «Mitc.uz»

12-iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqovning Xitoyning ZTE telekommunikatsiya kompaniyasi katta vitse-prezidenti Van Siang bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur uchrashuv uzoq yillar mobaynida tomonlar o‘rtasida amalga oshirib kelinayotgan muzokaralarning davomi hisoblanadi.

Foto: «Mitc.uz»

Vazir mehmonni qutlar ekan, Xitoyning yetakchi texnologik kompaniyalarining O‘zbekiston bozoridagi faol ishtiroki mamlakatlarimiz o‘rtasidagi samarali hamkorlik hamda respublikamizda qulay investitsiya muhiti yaratilgani natijasi ekanini ta’kidladi.

Simli va mobil keng polosali ulanish (internet) tarmoqlarini kengaytirishning istiqbollari muhokamalarning markaziy mavzusiga aylandi. Shuningdek, kadrlar tayyorlash va soha mutaxassislari malakasini oshirish bo‘yicha ham fikr almashildi.

ZTE korporatsiyasining katta vitse-prezidenti kompaniya O‘zbekistonda o‘z faoliyatini yanada faollashtirishga tayyor ekanini bildirdi.

Vazirlik tomonidan ham zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun eng yangi texnologiyalarni joriy etish yuzasidan hamkorlikdagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ZTE korporatsiyasining O‘zbekistondagi telekommunikatsiya operatorlari bilan yaqindan hamkorlik qilishi qo‘llab-quvvatlanishi ma’lum qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring