Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AKT vazirligi delegatsiyasi Janubiy Koreyaning Inha universitetida bo‘ldi

AKT vazirligi delegatsiyasi Janubiy Koreyaning Inha universitetida bo‘ldi

Foto: «Mitc.uz»

Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori vazifasini bajaruvchi Muzaffar Jalolov va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Olim Omonovlardan iborat AKT vazirligining delegatsiyasi Janubiy Koreyaning Inha universitetiga tashrif buyurib, universitet prezidenti janob Meong Vu Cho (Myeong Woo Cho) bilan uchrashishdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Suhbat chog‘ida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari, yangi yo‘nalishlar ochish (jumladan, magistratura bo‘yicha) masalalari muhokama qilingan.

Shuningdek, Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori v.b. Muzaffar Jalolov universitet faoliyati to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi. Xususan, ta’lim sifatini doimiy oshirib borish, o‘qituvchilar va talabalarning individual va professional salohiyatini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratish masalalariga to‘xtalib, bu universitetning O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari orasida yuqori mavqega ega bo‘lishini ta’minlashiga ishonch bildirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring