Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKTni rivojlantirishga mas’ul xodimlar uch yilda bir marta attestatsiyadan o‘tadi

AKTni rivojlantirishga mas’ul xodimlar uch yilda bir marta attestatsiyadan o‘tadi

Davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan rahbarlari va bo‘linmalari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.

Tartibga ko‘ra, tashkilotlarining axborot texnologiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan bo‘linmalari xodimlari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va uning hududiy boshqarmalarida uch yilda bir marta attestatsiyadan o‘tishi lozim.

Attestatsiyadan quyidagi shaxslar o‘tkazilmaydi:
— axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ikki yildan kam bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar;
— homilador ayollar, bolani ikki va uch yoshgacha parvarish qilish bo‘yicha ta’tilda bo‘lgan ayollar, ular ishga chiqqandan keyingi birinchi yil davomida;
— uzoq davolanish o‘tayotgan xodimlar;
— respublika va chet el davlatlariga o‘quv muassasalarida o‘qishga, qayta tayyorlash
va malaka oshirish kurslariga yuborilgan xodimlar;
— muayyan ishlarni bajarish uchun muddatli mehnat shartnomasi shartlarida ishlaydigan shaxslar;
— 18 yoshga yetmagan shaxslar;
— eng kam miqdordagi ish o‘rinlariga zaxiraga olib ishga joylashtirilgan shaxslar, bu ish joylariga qabul qilingan kundan boshlab uch yil davomida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring