Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Alisher Usmonov nomdor futbol klubini sotib olishi mumkin

Alisher Usmonov nomdor futbol klubini sotib olishi mumkin

Foto: «vedomosti.ru»

Milliarder Alisher Usmonov Moskvaning «Spartak» klubini sotib olishi mumkin. Bu haqida Rossiyadagi internet nashrlaridan birida xabar berilgan.

Klubning ayni vaqtdagi asosiy aksioneri Leonid Fedun jamoa uchun 1 milliard yevro atrofida talab qilmoqda. Moliyaviy tahlilchi Aleksand Razuvayevning bildirishicha, bu talab Alisher Usmonovni qanoatlantiradi.

Ammo shu bilan birga Razuvayevning yozishicha, «Spartak» uchun kuchli kurash kechishi va Usmonovning raqobatchilari ko‘proq pul taklif qilishlari ham mumkin. Biroz vaqt muqaddam «Alfa-bank» aksionerlaridan biri Petr Aven klubni sotib olishga qiziqish bildirgani aytilgan edi.

Shu bilan birgalikda xorijlik investorlar tomonidan ham qiziqish borligi xabar qilinmoqda. Jumladan, Saudiya Arabistoni qirolligining valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon Al Saudning nomi tilga olingan. Shu bilan birgalikda qozog‘istonlik noma’lum investor ham kurashga kirishishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring