Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Alisher Usmonov Rossiyaning eng boy odamlari reytingida 9-o‘rinda

Alisher Usmonov Rossiyaning eng boy odamlari reytingida 9-o‘rinda

Forbes jurnali Rossiyaning eng boy odamlari reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra «Sibur» va «Novatek»ning yirik aksioneri Leonid Mixelson 24 milliard dollar bilan birinchi o‘rinda bormoqda. Ikkinchi o‘rinni esa 21,3 milliard dollar bilan NLMK direktorlar kengashi raisi Vladimir Lisin egallagan.

Uchinchi o‘rinda «Lukoyl» prezidenti Vagit Alekperov borayotgan bo‘lsa (20,7 milliard dollar), «Severstali» direktorlar kengashi raisi Aleksey Mordashov (20,5 milliard dollar) va «Sibur» hamda «Novatek» direktorlar kengashi a’zosi Genaddiy Timchenko undan keyingi o‘rinlarni egallagan.

Kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Alisher Usmonov ushbu ro‘yxatda to‘qqizinchi o‘rinni egalladi. USM Holdings kompaniyasi asoschisining boyligi 12,6 milliard dollarga baholangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring