Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amerika aviakompaniyalariga Eron osmonida parvoz qilish taqiqlandi

Amerika aviakompaniyalariga Eron osmonida parvoz qilish taqiqlandi

Foto: «TAdviser»

AQSh Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi (FAA) yangi buyruq chiqardi: unga ko‘ra, AQSh aviakompaniyalariga Eron havo kengliklarida parvoz qilish taqiqlandi.

«FAA chiqargan buyruqqa ko‘ra, harbiy harakatlar va siyosiy ziddiyatlar kuchayib borayotgani uchun toki keyingi buyruqlar bo‘lmagunga qadar Tehronning suv usti kengliklarida parvoz qilishga ruxsat bo‘lmasligi haqida uchuvchilar ogohlantiriladi», — deyiladi «Tvitter»da joylangan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Eron janubida AQShga qarashli uchuvchisiz boshqariluvchi qurilma urib tushirilgandi. Xabarlarga ko‘ra, shundan so‘ng hatto AQSh prezidenti Eron hududlarini o‘qqa tutishni ma’qullagan. Bunda radiolokatsion stansiya va raketa qurilmalariga zarba berish ko‘zda tutilgandi. Ammo keyinchalik Amerika rahbari qarorini bekor qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring