Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amerikalik bloger bir hafta virtual olamda yashadi va aqldan ozdi

Amerikalik bloger bir hafta virtual olamda yashadi va aqldan ozdi

Amerikalik bloger Jek Vilmot o‘ziga hos tadqiqot o‘tkazdi va real hayotdan qanday uzilib qolish mumkinligini sinovdan o‘tkazdi. Sinov bloger uchun bir qancha yoqimsiz yakuniga yetdi.

Vilmot bir hafta davomida Skyrim va VR Chat kabi o‘yinlarni o‘ynadi va yer yuzining istalgan joyida virtual tarzda paydo bo‘lish imkonini beradigan Google Earth VRdan foydalandi.

Bir haftalik muddat yakuniga yetgandan so‘ng u real hayotga hayrat bilan qaraydi. Chunki uning ko‘zlari piksellarga o‘rganib qolgan va real ranglar ancha yorqin ko‘rinish olgan edi. Shu bilan birga toza havodan nafas olish ham Jekni ancha xursand qilgan.

Ammo shu bilan birga salbiy taassurotlar ham o‘zini bildirdi. Bloger real hayotda ham atrofidagilarni o‘yindagi qahramonlarga, kundalik yumushlarni esa qaysidir o‘yindagi topshiriqqa o‘xshata boshladi. Virtual o‘yinda bu topshiriqlarni bajarish evaziga sovrin beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring