Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijonda 23 kunlik chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘lgan ona qo‘lga olindi

Andijonda 23 kunlik chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘lgan ona qo‘lga olindi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi

O‘zbekiston davlat bojxona qo‘mitasi Andijonda 23 kunlik chaqalog‘i sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olinganinin ma’lum qildi.

Maqolada aytilishicha, marhamatlik M. ismli ayol homilador bo‘lgach, tug‘ilajak farzandini sotishni ko‘zlab yuradi. Uning bu qing‘ir rejasiga o‘z onasi F. yordamga keladi. Bola tug‘ilgunga qadar ular turli choralarni o‘ylab, bolani sotish harakatiga tushishdi. Buloqboshi tumanida Lobar ismli ayol bilan oldindan kelishib atigi 23 kunlik jajjigina norasida go‘dakni 4500 AQSh dollari va 4.000.000 so‘m evaziga pullayotgan chog‘ida Andijon viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olindi.

«Bu yorug‘ dunyoga kelgan kundan boshlab onalik mehrini tuymagan mitti bolakay issiqqina to‘shakchasida mazza qilib uxlash o‘rniga, qishning sovuq kunlarida ko‘chama-ko‘cha izg‘ishga maxkum bo‘ldi. Balki mutasaddi tashkilot xodimlari tomonidan eltib qo‘yilgan uyning issiqqina xonasida, u ilk bora xotirjam uyquga ketgandir», — deya yozilgan maqolada.

Qonunbuzarlarga Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, M. va uning onasi F. esa endilikda qilgan jinoyatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-modda, 3-qismining «a» bandiga muvofiq, qonun oldida javob beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring