Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda Shimoliy Xitoy texnologiya universitetining fakulteti ochiladi

Andijonda Shimoliy Xitoy texnologiya universitetining fakulteti ochiladi

Foto: Andijon mashinsozlik instituti axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro almashuvlarni rivojlantirish, bu boradagi ilg‘or tajribani o‘zlashtirish yo‘lida muzokaralar o‘tkazish maqsadida Shimoliy Xitoy texnologiya universiteti vitse-prezidenti, professor Shei Zi Li xonim boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Andijon mashinasozlik institutiga tashrif buyurishdi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Andijon mashinsozlik instituti axborot xizmatidan ma’lum qilishdi.

Foto: Andijon mashinsozlik instituti axborot xizmati

Xitoylik mehmonlar Andijon mashinasozlik instituti professor-o‘qituvchilari bilan uchrashib, o‘zaro tajriba almashish, ilmiy tadqiqot ishlarni hamkorlikda olib borish, ilmiy loyihalarini tayyorlash kabi bir qator masalalarda o‘zaro fikr almashishdi.

Tashrif davomida Shimoliy Xitoy texnologiya universiteti va Andijon mashinasozlik instituti o‘rtasida Hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Unga ko‘ra, ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida qo‘shma fakultet ochish, talabalarni hamkorlikda o‘qitish, qo‘shma diplom berish kabi masalalari rejalashtirib olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring