Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonning Oltinko‘l tumani hokimi ishdan ketdi

Andijonning Oltinko‘l tumani hokimi ishdan ketdi

Foto: «Turon24»

Andijon viloyati Oltinko‘l tumani hokimi Baxtimurod Karimov vazifasidan ozod etildi. Bu haqda Turon24 xabar berdi.

20-oktabr kuni Xalq deputatlari Oltinko‘l tuman kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan sessiyasida ushbu masala ko‘rilgan. Oltinko‘l tumaniga Nazirjon O‘rinboyev vaqtinchalik hokim etib tayinlangan.

Nazirjon O‘rinboyev 1966-yilda shu tumanda tug‘ilgan. Ma’lumot oliy. U mahalliy ichki ishlar tizimida ancha vaqt xizmat qilgan.

Nazirjon O‘rinboyev ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Andijon viloyati "Agroservis MTP" mas’uliyati cheklangan jamiyati raisining o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring