Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShlik kishi 27 yillik qamoqdan so‘ng oqlandi

AQShlik kishi 27 yillik qamoqdan so‘ng oqlandi

Foto:«Hurriyet»

AQShlik Jon Bunn 14 yoshida do‘sti bilan mashinasini o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan politsiya xodimini qasddan o‘ldirib qo‘yishda gumon qilinib, ozodlikdan mahrum qilingan edi. 27 yildan beri qamoqda yotgan Jon Bunning aybsiz ekani isbotlangach, ozodlikka chiqdi. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.

Bu hodisa Nyu-York shahrida 1991-yilda sodir bo‘lgan edi. Do‘sti Rozann Xargreyv bilan birgalikda mashinasini o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan politsiya xodimini urib o‘ldirganlikda gumon qilingan Jon Bunning aybsiz ekani isbotlandi.

Ozodlikka chiqarilgan Jon xursandligidan advokatini quchoqlab yig‘lab yubordi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring