Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Avstriyalik vazir BMTda 5 tilda nutq so‘zladi

Avstriyalik vazir BMTda 5 tilda nutq so‘zladi

Foto: «Sabah.com»

Avstriya Tashqi ishlar vaziri Karin Knaysl BMT Bosh Assambleyasining 73-sessiyasida o‘z nutqini arabcha boshlab, fransuzcha, ispancha, ibroniycha va inglizcha – jami 5 tilda nutq so‘zladi. Bu haqda «Sabah.com» xabar bermoqda.

Yaqin Sharq mamlakatlari xaritasi bugun neft konlariga qarab belgilanayotganiga urg‘u bergan Karin Knaysl Yaqin Sharqda urush ochilgani, ayniqsa, Suriyada vaziyatning taranglashishiga ham neft konlari sabab bo‘lganini bildirdi.

«Millionlab fuqarolar orasida besh davlat harbiylari va minglab terrorchilar bor bo‘lgan Suriyadagi urushni faqat tinch yo‘l bilan hal etish mumkin», – degan vazir Karin Knaysl ibroniycha tilda.

Besh tilda nutq qilgan vazir iqlim o‘zgarishi, gender tengligi va Eron yadroviy bitimi kabi mavzularga to‘xtalgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring