Avtomobil o‘g‘risidan saqlaning! Jinoyatchi Yangiyo‘lda qo‘lga tushdi
2019 yil 17 mart kuni noma’lum shaxs Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahri Temir yo‘l ko‘chasida fuqaro T.A. tomonidan qarovsiz qoldirilgan “VAZ-311183” rusumli avtomashinani haydab qochgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berib o‘tdi.
Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida avtomashina Chinoz tumani Bog‘bon mahallasi hududidan texnik shikastlangan holda topilib, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Yangiyo‘l shahar Oltinobod mahallasi Temiryo‘lchi ko‘chasida yashovchi T.K. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter