Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Axborot xurujiga kim qarshi turadi?

Axborot xurujiga kim qarshi turadi?

Foto: «AIF»

«Shunday bir axloq o‘rnatish mumkinki, bu axloqqa muvofiq madaniy va talovchi davlatlarning boshqa xalqlarga qilayotgan hamma sharmandali kirdikorlarini, hatto Rossiya imperiyasining Turkistondagi yirtqichliklarini ham to‘g‘ri qilib ko‘rsatsa bo‘ladi!».

Fridrix Engels juda topib gapirgan ekan. Nega deysizmi? 29-mayda «AiF» gazetasining saytida Rossiya imperiyasining Xivani «ozod qilishga» qaratilgan «muqaddas» yurishi to‘g‘risida maqola chop etilibdi. Ha, noto‘g‘ri eshitmadingiz, maqola sarlavhasidanoq bu iddaoni payqash mumkin: «Xiva xonligi bizniki! O‘rta Osiyo XIX asrda ruslarni umid bilan kutgan edi».

Eski kasallikning yangi xuruji

Unda qayd etilishicha, xivaliklar uzun soqolli, sovuq yuzli, beo‘xshov kiyim-boshlarda yuradigan madaniyatsiz bir xalq bo‘lgan, shu bois Rossiya imperiyasi va Xiva urushi to‘g‘ri ma’noda «tartib va tafakkur»ning «yovvoyilik» bilan to‘qnashuviga qiyoslangan, umuman — rus imperiyasi qo‘shinlari qonli janglardan keyin Xivaga bir necha avlod orzu qilgan «erkinlik»ni taqdim etgan:

«...V sluchaye s Xivinskim poxodom mi vidim sovsem druguyu imperiyu, no rovno tot je samiy prinsip. Stolknoveniye «poryadka i razuma» s dikostyu. V samom pryamom smisle. Tot je Mak-Gaxan bil porajyon, vpervie uvidev xivinsev: «Oni vse po bolshey chasti bili srednego rosta, xudie i muskulistie, s dlinnimi chyornimi borodami i kakim-to zlim virajeniyem v litsax. Ix kostyum kajetsya mne samim bezobraznim i neudobnim iz vsex, kakiye ya vidal do six por. Odnoy shapki takogo vesa dostatochno chtobi zatormozit deyatelnost samoy svetloy golovi; pri vide etix chudoviщnix golovnix uborov otstalost ix sivilizatsii stala mne vpolne ponyatna...».

Nomuhtaram Konstantin Kudryashov (kimligini sezgandirsiz)! Bu o‘rinda «yovvoyilik» deganda nimani nazarda tutayapsiz? Aslida to‘lg‘oq tutayotgan mazlumaning ko‘ksiga xanjar urish yoxud kesilgan boshlardan minora tiklash yovvoyilik emasmi? (Vereshagin otli hamyurtingiz Xivada bosh suyaklaridan hosil bo‘lgan tog‘ suratini chizgani yodingizdadir?!)

Yoki bunday qonxo‘rliklar ham — «yovvoyi odamlarni sivilizatsiyalashtirish uchun qilingan odilona xatti-harakat» sifatida baholanadimi? Umuman, rus generallariga eng mos ta’rifni o‘zingizning shoiringiz Pushkin bergan: «Yurishlaring qora marazday. Qavmlarni o‘ldirdi, qirqdi...».

Libos haqida gapirishga-ku umuman haqqingiz yo‘q. Bizning ajdodlar o‘tlig‘ bosib kiyim kiyishni odat qilganda hali ko‘pgina xalqlar latta-puttaga o‘ranib yurgani, «utyug» so‘zi ham aynan «o‘tlig‘»dan olinganini nahot bilmaysiz!?

Darvoqe, do‘stlar, siz ham menga o‘xshab rus qo‘shinlari mamlakatimizga bu yerdagi tabiiy va madaniy boyliklarga ega chiqish maqsadida ko‘z olaytirgan deb o‘ylagan, o‘qigan bo‘lsangiz kerak. Ammo chuchvarani xom sanab yurgan ekanmiz. Aslida ular yurtimizga, xususan, Xivaga «ezgu» niyatda, to‘g‘rirog‘i, xonlikda «avj olgan» qul savdosiga «barham berish» uchun kelishgan ekan:

«...Takovix bilo mnogo. I daje ochen mnogo. Tolko v samoy Xive naschitivalos okolo 10 tisyach rabov. Pozitsiya imperii v izlojenii generala Kaufmana bila prosta i lakonichna: «Nashe dostoinstvo ne dopuskayet nevolnichestva i torga lyudmi v strane...».

Surbetlik bo‘lsa, shuncha bo‘lar-da! Rossiya imperiyasi Xivaga kelishidan o‘n yil oldin ham Rossiyaning o‘zida qullik ayni avjiga chiqqani, aholining 50 foizidan ko‘prog‘i pomeshiklar ixtiyorida aziyat chekkani yoki dehqonlar voyaga yetmagan qizlarini ommaviy ravishda qul qilib sotishganida janob Kaufman qayerda edi?

«Gulnora opa, bir qarab yuboring!»

Umuman, bu — rus imperiyasining O‘rta Osiyoda go‘yoki «adolat» o‘rnatganini «isbotlash»ga qaratilgan birinchi maqola emas. Rus generallarining butun dunyoda «qullikka barham berish» maqsadida amalga oshirgan «shonli» yurishlari haqida mahalliy OAV tez-tez eslatib turadi.

Odamlarni «biz yovvoyi bir olomon bo‘lganmizu» butun madaniyatni bizga ular olib kelganiga o‘zimizni ham, boshqalarni ham ishontirish va evaziga doimo minnatdor bo‘lib, qulluq qilib yashashga undashning, ilmiyroq aytganda, kishilar ongini boshqarishning bundan yaxshi yo‘li bor ekanmi?

Uzoq yil «fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi ma’rifat» deb og‘iz ko‘pirtarib keldik, ammo o‘rganganimiz, «eplaganimiz» axborot maydonida otilayotgan nayzalarga ko‘ksimizni tutib berish bo‘ldi. Balki OAVlar, shuningdek jamiyatning ziyoli qatlamini axboriy to‘qnashuvlarga tayyorlash, chiniqtirish va o‘z so‘zini aytish ko‘nikmasini shakllantirish fursati yetgandir. Aks holda nayzalardan omon qolish dargumon...

P.S: Sarlavha haqida. 2013-yilda Rossiyaning RTR telekanalida Mixail Skobelev haqidagi hujjatli film namoyish qilingan va unga birinchilardan bo‘lib Gulnora Karimova o‘z «Tvitter»i orqali munosabat bildirgan, filmda voqealar biryoqlama yoritilganidan ogohlantirgan edi...

Dilshod Nurulloh

Izohlar 3

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring