Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Bavariya» yangi bosh murabbiy nomini e’lon qildi

«Bavariya» yangi bosh murabbiy nomini e’lon qildi

Foto: «Eurosport»

«Bavariya» klubida bosh murabbiy o‘zgaradi.

2018-yilning 1-iyulidan boshlab myunxenliklarni «Ayntraxt» klubining yangi bosh murabbiyi Niko Kovach boshqaradi. Bu haqda klub sport direktori Hasan Salihamidjich klub telekanali efirida ma’lum qilgan.

«Bavariya» xorvatiyalik murabbiy bilan uch yillik kelishuvga erishgan.

Avvalroq «Bavariya» Kovachni qo‘yib yuborishlari uchun «Ayntraxt»ga 2,2 million yevro to‘lagani haqida xabarlar chiqqan edi.

2016/17-yilgi mavsumda «Ayntraxt» Kovach qo‘l ostida Germaniya chempionatida 11-o‘rinni egallagan, hozirda esa 46 ochko jamg‘argan holda beshinchi pog‘onada bormoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring