Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Belarusda 200 dollardan kam maosh to‘lagan korxonalarni yopishmoqchi

Belarusda 200 dollardan kam maosh to‘lagan korxonalarni yopishmoqchi

Foto: «Joomania.info»

Belarus hukumati maoshlarni 500 dollargacha oshirmoqchi va aksincha, ishchilariga 400 belarus rublidan kam to‘lagan korxonalarga ma’muriy pressing qo‘llamoqchi. Bu haqda «Belarus 1» davlat telekanali orqali Belarus Vazirlar kengashi raisi o‘ribosari Aleksandr Turchinov ma’lum qildi.

Turchinovga ko‘ra, birinchi bosqichda VK odamlarga 400 rubl, ya’ni 200 AQSh dollaridan kam haq to‘lagan korxonalarni «juda qattiq nazorat» qiladi. Uning aytishicha, 1-iyuldan bunaqa korxonalar umuman bo‘lmasligi kerak.

O‘tgan hafta mamlakat hukumati yig‘ilishida Belarus bosh vaziri Sergey Rumas I chorakda respublikada o‘rtacha ish haqi 1026 rublni tashkil etganini ma’lum qilib, mamlakatda 400 rubl oylik berayotgan korxonalar ham borligidan afsusdaligi bildirgandi.

Xullas, bosh vazirning ta’kidlashicha, marra aniq: 2019-yilning ikkinchi yarmidan 200 dollardan kam ish haqi hech yerda qolmasligi kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring