Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Biometrik pasport berganlik uchun davlat boji oshdi

Biometrik pasport berganlik uchun davlat boji oshdi

Foto: «Norma.uz»

Davlat budjeti parametrlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi Prezident qaroriga muvofiq qonunchilikka quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Fuqarolarga chet elga chiqish uchun biometrik pasport berganlik uchun davlat boji eng kam oylik ish haqining 120 foizi etib belgilandi.

16 yoshga to‘lmagan fuqarolarga chet ega chiqish uchun biometrik pasport berganlik uchun davlat boji eng kam oylik ish haqining 80 foizi (ilgari 50 foiz), O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga, shu jumladan 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjatini berganlik uchun davlat boji eng kam oylik ish haqining bir baravari etib belgilandi (ilgari 60 foiz).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring