Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bojxonada xavfni boshqarish tizimi joriy etilgan. Bu xavf o‘zi nima?

Bojxonada xavfni boshqarish tizimi joriy etilgan. Bu xavf o‘zi nima?

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018-yil 24-noyabrdagi farmoni bilan bojxonada Xavfni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimi to‘liq rejimda joriy etildi. Unga ko‘ra, 2018-yil 1-dekabrdan boshlab, «sariq» va «qizil» yo‘laklar, 2019-yil 1-martdan boshlab esa «yashil» va «ko‘k» yo‘laklar ishga tushirildi.

DBQ Axborot xizmati bosh inspektori Husan Tangriyevning ma’lum qilishicha, xavfni boshqarish tizimning to‘laqonli amalga kiritish orqali «yalpi» bojxona nazoratini o‘tkazishdan voz kechgan holda, xavf profillari yoki tasodifiy tanlov asosida tovar va transport vositalarining bojxona nazorati 4 ta yo‘laklardan biriga yo‘naltirilgan holda amalga oshiriladi.

«Sariq yo‘lak», bunda bojxona deklaratsiyasi, hujjatlar va ma’lumotlarni tekshirish bo‘yicha bojxona nazorati shakllari xavf darajasi o‘rta ko‘rsatkichga ega yoki tasodifiy tanlovda aniqlangan tovar va transport vositalariga nisbatan amalga oshiriladi.

«Qizil yo‘lak», bunda bojxona nazorati shakllari xavf darajasi yuqori ko‘rsatkichga ega yoki tasodifiy tanlovda aniqlangan tovar va transport vositalariga nisbatan amalga oshiriladi.

«Yashil yo‘lak», bunda xavf darajasi past bo‘lgan tovar va transport vositalarini chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganda, bojxona nazorati shakllari ularga nisbatan amalga oshirilmaydi.

«Ko‘k yo‘lak», bunda xavf darajasi o‘rta ko‘rsatkichga ega yoki tasodifiy tanlov asosida aniqlangan tovarlarga nisbatan bojxona nazorati shakllari ular chiqarib yuborilgandan so‘ng amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimi o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan tovarlarni ko‘zdan kechirish hamda namuna va (yoki) sinamalar olishda bojxona tartib-taomillarini amalga oshirish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga asosan xavfni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimi buyurgan bojxona operatsiyalarini bajarishga majbur.

Xo‘sh, xavf o‘zi nima?

Bu bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilmasligi ehtimolining darajasi bo‘lib, xavfni boshqarish — xavfning oldini olish va ularni imkon qadar kamaytirish, ularning qo‘llanilish samaradorligini baholash, shuningdek bojxona operatsiyalarining bajarilishi ustidan nazorat qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalda bajarishni, bojxona organlarida mavjud bo‘lgan axborotning uzluksiz yangilanishini, tahlil etilishini va qayta ko‘rib chiqilishini nazarda tutuvchi doimiy ishlardir.

Bojxona organlarida xavfni boshqarish tizimini qo‘llash orqali quyidagi maqsadlarga erishiladi:

Xavfni boshqarish tizimini qo‘llash orqali qonun hujjatlariga rioya etilishini hamda bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarilishini ta’minlash;

Qonun hujjatlariga muvofiq, bojxona nazorati ob’yektlariga nisbatan bojxona nazoratini yetarli darajada ta’minlaydigan bojxona nazoratining shakllarini hamda darajasini tanlash;

Bojxona nazoratini tezlashtirish hamda xavf darajasi kam bo‘lgan tovar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan olib o‘tilishida bojxona nazoratini soddalashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.

Mazkur tizim tadbirkorga nima beradi?

  • Eng avvalo, ushbu tizim tashqi savdo aylanmasining oshishiga va xalqaro savdoning rivojlanishiga xizmat qiladi;
  • Tashqi iqtisodiy faoliyatning (TIF) halol ishtirokchilarini rag‘batlantirish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish imkonini beradi;
  • Bojxona nazorati va rasmiylashtiruviga sarflanadigan vaqt sezilarli ravishda qisqaradi;
  • Harbir TIF qatnashchisiga individual baho berish va ularning halolligiga qarab saralash, bir-biridan farqlash imkoni tug‘iladi;
  • TIF qatnashchilariga bojxona ko‘rigidan yengillik yaratiladi;
  • TIF qatnashchilarining tovarlari aylanmasi davri qisqaradi.

Endilikda tadbirkorlar Davlat bojxona qo‘mitasining bojxona.uz saytidagi havola orqali bojxona yuk deklaratsiyasining maqomi hamda uning qaysi yo‘lakka joylashtirilganligi to‘g‘risida ma’lumotlarni real vaqt rejimida olishlari mumkin.

Mazkur tizim bojxona organlariga nima beradi?

Tovar va transport vositalarini, bojxona nazoratidan o‘tkazishda Xavfni boshqarish tizimi bojxona nazoratining qo‘llaniladigan shakli va darajasini belgilab beradi. Tovarlar bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotganda bojxona operatsiyalarining o‘tkazilishini tezlashtirish bilan bir qatorda bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishlarini aniqlash, prognoz qilish va ularning oldini olishda muhim rol o‘ynaydi.

Ma’lumki, bojxona organlariga taqdim qilinadigan barcha ma’lumotlarni tekshirish va ularning ishonchliligini ta’minlashning imkoniyati yo‘q. Xavfni boshqarish tizmi esa bojxona organlarining cheklangan resurslaridan eng katta samaradorlik asosida foydalanish imkonini beradi.

Bunda asosiy e’tiborni yuqori stavkali, doimiy xarakterdagi bojxona qonunchiligining buzilishi yoki mahalliy ishlab chiqaruvchilar manfaatlariga putur yetkazadigan yoxud davlatning boshqa manfaatlariga tahdid soladigan, himoya qilish bojxona organlari zimmasiga yuklangan eng xavfli holatlarga va yetkazib berish jarayonlariga qaratishga katta e’tibor beriladi.

Aksincha, xavf-xatarlar bo‘lmasa yoki uning ehtimoliy qonun buzilishlarining oqibatlari minimal darajada bo‘lsa, bojxona rasmiylashtiruvining eng sodda texnologiyalarini qo‘llaniladi va transport vositalarining kutib qolishi, yuklarni tashish, ularni bojxona terminallarida saqlash bilan bog‘liq asossiz xarajatlarga yo‘l qo‘yilmaydi.

Dastlabki natijalar

Xavfni boshqarish avtomatlashtirilgan axborot tizimidan samarali foydalanilishi natijasida o‘tgan davr mobaynida 135 ta holat aniqlanib, 6,3 mlrd. so‘mlik qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring