Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosh prokuratura nobank kredit tashkilotlari uchun seminar o‘tkazdi

Bosh prokuratura nobank kredit tashkilotlari uchun seminar o‘tkazdi

Markaziy bankning Toshkent viloyat boshqarmasi binosida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tashabbusi bilan Markaziy bank bilan hamkorligida nobank kredit tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga (JFODL/TMQK) hamda xavflarni milliy baholashdan o‘tkazish protseduralariga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi.

Seminar jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishda moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruh (FATF)ning yangi tavsiyalari talablaridan kelib chiqib, lombard xodimlari hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga amal qilinishini nazorat qiluvchi mas’ul xodimlarning malakasini oshirish uchun tashkil etildi.

Seminarda 72 ta nobank kredit tashkilotlari (lombard va mikrokredit tashkilotlar) mutaxassislari va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Bosh prokuratura huzuridagi Departament vakillari tomonidan FATFning JFODL/TMQK sohasida yangi tavsiyalar hamda nobank kredit tashkilotlari faoliyatida xavflarni aniqlashga yo‘naltirilgan yondashuvning mohiyati tushuntirib o‘tildi.

Seminar qatnashchilariga ularni qiziqtirgan savollari yuzasidan javoblar berildi, shuningdek, ichki nazorat qoidalariga rioya qilinishi uchun mas’ul shaxslarning malakasini oshirish lozimligi ta’kidlab o‘tildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring