Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bryusselda irqchilikka qarshi marsh bo‘lib o‘tdi

Bryusselda irqchilikka qarshi marsh bo‘lib o‘tdi

Foto: AP

24-mart kuni Belgiya poytaxti Bryussel shahrida 120 dan ortiq huquqni himoya qiluvchi tashkilot irqchilikka qarshi aksiya tashkillashtirishdi. Ayaksiya doirasidagi marshda bir necha ming kishi qatnashdi. Bu haqda «RIA Novosti» agentligi xabar bermoqda.

Politsiya bergan ma’lumotlarga ko‘ra marsh mahalliy vaqt bilan 14:30 (Toshkent vaqti bilan 18:30)da poytaxt markazidagi qirol Albert II xiyobonidan start olgan va Midi vokzaliga qarab yo‘nalgan. Marshning umumiy uzunligi 3 kilometrni tashkil qilgan.

Marsh hech qanday jamoat tartibini buzmasdan 17:30ga (Toshkent vaqti bilan 21:30) yaqin nihoyasiga yetgan. Yo‘l davomida uncha katta bo‘lmagan tirbandliklar yuzaga kelgan.

Politsiya hisob-kitoblariga ko‘ra mazkur tadbirda 3000 ga yaqin kishi qatnashgan. Ishtirokchilar orasida so‘l kuchlar vakillari hamda migrantlar huquqlarini himoya qiluvchi NNT ham ko‘pchilikni tashkil qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring