Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugundan boshlab aliment to‘lamaganlarni qamoq jazosi kutadi

Bugundan boshlab aliment to‘lamaganlarni qamoq jazosi kutadi

O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun bilan (O‘RQ-459-son) aliment sohasidagi qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritilgan edi.

Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida yozilishicha, ushbu o‘zgartirishlar bugundan kuchga kirdi.

Xususan endilikda:

— aliment to‘lamaslik 15 sutka ma’muriy qamoqqa olinishiga sabab bo‘ladi;

— aliment to‘lashga majbur shaxslar ikki oy (ilgari uch oy) mobaynida aliment to‘lashdan bo‘yin tovlasa jinoiy javobgarlikka tortiladi (3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin);

— har bir bola uchun eng kam aliment miqdori eng kam ish haqi miqdorining 75 foizdan (ilgari uchdan bir qism) kam bo‘lmagan miqdorda (138 225 so‘m) belgilanadi;

— alimentni bola voyaga yetgunga qadar ko‘char va ko‘chmas mol-mulk yoki boshqa qimmatli narsalar berish orqali bir yo‘la oldindan to‘lash mumkin;

— aliment oldindan to‘langan yoki garov shartnomasi tuzish holatlarida, ushbu shaxsga respublikadan chiqishga qo‘yilgan taqiq olib tashlanadi. Bunda garov qiymati qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining ikki yuz ellik baravaridan kam (46 mln 75 ming so‘m) bo‘lmasligi lozim.

Izohlar 5

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring