Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoro davlat  tibbiyot instituti va Turkiya universiteti bilan o‘zaro talaba almashinuvini yo‘lga qo‘ydi

Buxoro davlat  tibbiyot instituti va Turkiya universiteti bilan o‘zaro talaba almashinuvini yo‘lga qo‘ydi

Foto:Buxoro davlat  tibbiyot instituti

Turkiyaning Sog‘lik Bilimlari Universiteti  (SBU) va Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat  tibbiyot instituti orasida talaba almashinuvi maqsadida tadbiq etilgan  «Reproduktiv yordam davolash amaliyoti dasturi»ning sertifikat topshirish marosimi o‘tkazildi. Bu  haqda institut matbuot xizmati ma’lum qildi. 

Marosimda Universitet  rektori proffessor, doktor Javdat Erdol va Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Amrillo Inoyatov  nutq so‘zladi. Dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarga  ikkala OTM rektorlari va Zaynab Komil Sog‘liqni saqlash ilmiy- tadqiqot va amaliy Markazi bosh shifokori dotsent - doktor Semra Qoyatosh Eser tomonidan  sertifikatlar o‘z egalariga topshirildi.  Shuningdek taqdirlash marosimida Zaynab Komil Sog‘liqni saqlash ilmiy- tadqiqot va amaliy Markazi bosh shifokori dotsent, doktor Semra Qoyatosh Eser ham so‘z olib, talabalarni qutladi.

Ayni paytda Buxoro davlat tibbiyot institutida hamkorlik aloqalari bo‘lmish  talabalar almashinuvi va sifatli ta’lim berish vazifalarini amalga oshirish hamda talabalarning tahsil olishlari uchun zamonaviy moddiy texnik bazasi bilan jihozlangan laboratoriyalar va o‘quv xonalari hamda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha yo‘l xaritalari ishlab chiqildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring