Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda havoda muallaq turuvchi darvesh paydo bo‘ldi

Buxoroda havoda muallaq turuvchi darvesh paydo bo‘ldi

Bunday attraksion sayyohlarni ko‘proq jalb qilish, shaharga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan Buxoroning eski shahar qismida havoda muallaq turuvchi darvesh paydo bo‘ldi.

Bunday attraksion sayyohlarni ko‘proq jalb qilish, shaharga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi. Keyinchalik bunday tomoshalar boshqa shaharlarda ham yo‘lga qo‘yilishi mo‘ljallangan va ular nafaqat darveshlar, balki masxarabozlar, sorbonlar, ertaklar qahramonlari, masalan Xo‘ja Nasriddin obrazi bo‘lishi mumkin.

Bu g‘oya Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan Yevropa turistik markazlarini kuzatish jarayonida tug‘ilgan bo‘lib, keyinchalik bizning mahally muhitga moslashtirilgan. 

Izohlar 2

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring