Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Chekka hududdagi tadbirkor kamroq soliq to‘lashi kerak» — namanganlik tadbirkor ana shunday taklifni o‘rtaga tashladi

«Chekka hududdagi tadbirkor kamroq soliq to‘lashi kerak» — namanganlik tadbirkor ana shunday taklifni o‘rtaga tashladi

Foto: «O‘zLiDeP»

«O‘zLiDeP» Namangan viloyat kengashi tomonidan soliq qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi loyihasiga taklif kiritish maqsadida ochiq muloqat tashkil etdi.

Muloqotda soliq yukini kamaytirish, soliq ma’muriyatchiligining maksimal darajada shaffofligini ta’minlash mexanizmlarini tashkil etish, zamonaviy innovatsion g‘oyalar va tartib-taomillarni joriy qilish, elektron axborot bazalaridan samarali foydalanish asosida soliq solish bazasini kengaytirish masalalari haqida so‘z yuritildi.

— Tumanlarni boqimandalik (dotatsiya)dan chiqarish maqsadida tadbirkorlardan undirilayotgan daromad solig‘ini hudud infratuzilmasiga qarab tabaqalashtirilgan stavka tarzida belgilash kerak, — deydi tadbirkor Azimjon Nurmatov. — Natijada olis hududlarda tadbirkorlik faoliyati yanada rivojlanib, yangi ish o‘rinlari yaratiladi, eng muhimi aholi turmush farovonligi yaxshilanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring